ESPN: "Mbappe "PSJ"da o'zining ta'sir doirasini kuchaytirmoqchi"

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening klubdan ketishiga sha'ma qilishining sabablari ma'lum bo'ldi.

20 yoshli futbolchi Frantsiyada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi va marosimda klubda qolgisi kelayotgani, ammo klubdan ketishi mumkinligini aytgan edi.

ESPN ma'lumotiga ko'ra, Mbappening bu so'zlariga uning hujum markazida o'ynashni istayotgani bilan bog'liq.

Mbappe "PSJ"dan ketishni istamaydi va klub uni qo'yib yubormasligini ham biladi. Shuning uchun u bunday yo'l tutgan.

Bundan tashqari, futbolchi klub qarorlarida uning fikrini ham e'tiborga olishlarini istamoqda. 20 yoshli o'yinchi klub rejalarida o'zi bilan maslahatlashishlarini xohlaydi.

Mbappe o'zini jamoaning, chempionatning eng yaxshi o'yinchisi deb biladi va o'ziga munosib e'tibor qaratilishini istaydi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив