Manba: «Yuventus»ni boshqaradigan murabbiy aniq bo'ldi

«Latsio» bosh murabbiyi Simone Indzagi «Yuventus»ni boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. U faoliyatini "keksa sinora"da davom ettirishga rozi bo'ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio o'z sayti orqali xabar tarqatdi.

Indzagining «Latsio» bilan amaldag shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan. U mazkur mavsumda jamoasi bilan Italiya kubogini qo'lga kiritdi. Rimliklar A seriya mavsumi yakunlanishiga 1 tur qolganida jadvalda 8-o'rinni egallab turishibdi.

Italiyalik insayderning ta'kidlashicha, "Yuventus"ni boshqarish uchun zaxira variant — Mauritsio Sarri.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив