IBF yangilangan reytingida o'zbekistonlik bokschilarning o'rinlari ma'lum bo'ldi

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning may oyi uchun yangilangan reytingini e'lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

E'lon qilingan yangi reytingda yarim o'rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) o'z vaznida rasman birinchi raqamli da'vogar nomini saqlab qoldi. Eslatib o'tamiz, 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobiga mag'lubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi.

Super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o'zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mazkur yo'nalish reytingida aprel oyidagi mavqeini saqlab qolgan holda 7-o'rinda bormoqda.

IBF reytingidan o'zbekistonlik boshqa bokschilar o'rin olishmagan.

  скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив