Fajr Ibrohim: «O'zbekistonning himoyasini yorib o'ta olmadik»

O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Fajr Ibrohim qatnashdi. 

"O'zbekiston terma jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz Toshkentga bir qator etakchi futbolchilarimizni olib kelmadik. Asosan yosh futbolchilar bilan tashrif buyurdik. Shu sababli bugungi o'yinda himoyada ba'zi xatolarga yo'l qo'ydik. O'zbekiston terma jamoasining Turkiya va KXDRga qarshi o'yinlarini tahlil qilib chiqqandik. Bugungi raqibimizning himoya chizig'i kuchli ekanini yaxshi bilardik. Ikkinchi taymda tashabbusga ega bo'ldik, lekin baribir O'zbekistonning himoyasini yorib o'ta olmadik", - dedi Fajr Ibrohim.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив