O'zbekiston - Suriya uchrashuvi davomida 32 ming nafardan ortiq muxlis terma jamoamizni stadionda qo'llab turdi

Bugun bo'lib o'tgan O'zbekiston - Suriya uchrashuvida 32 ming nafardan ortiq muxlis bevosita "Milliy" stadiondan turib terma jamoamiz a'zolarini qo'llab-quvvatlab turdi. 

Terma jamoamiz futbolchilari ham stadionga tashrif buyurgan muxlislarni xursand qiladigan o'yin namoyish qilib, 2:0 hisobida ishonchli tarzda g'alaba qozonishdi. 7 iyun kuni KXDRga qarshi kechgan o'yinda ham "Milliy" stadioni muxlislar bilan to'lib toshgandi. Milliy terma jamoamiz tomonidan ketma-ket qo'lga kiritilgan mazkur g'alabalarda muxlislarning hissasi katta. Umid qilib qolamizki, sentyabrda boshlanadigan Jahon chempionati saralash bahslarida ham muxlislarimiz stadionlarni mana shunday to'ldirib, milliy terma jamoamizga dalda bo'lib turishadi. 

Barcha muxlislarga rahmat, kelasi o'yinlarda stadionda ko'rishguncha!

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив