«Bunyodkor» o'z uyiga qaytmoqda!

Coca Cola Superliganing 11-tur doirasida «Bunyodkor» o'z maydonida «Nasaf» jamoasini qabul qiladi.

Uzoq davom etgan tanaffusdan keyin «Bunyodkor» o'z uyiga qaytadi. Jamoamiz ushbu mavsum uy uchrashuvlarini turli stadionlarda o'tkazib kelayotgan edi. Nihoyat, «Milliy» («Bunyodkor») stadioni «qaldirg'ochlar»ga xizmat qiladi.

Coca Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» - «Nasaf» uchrashuvi «Milliy» («Bunyodkor») stadionida bo'lib o'tadi.

Har ikkala jamoa ishqibozlarini turning markaziy bahsida o'z suyuklilarini bevosita stadionimizda qo'llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz! Siz azizlarni «Milliy» («Bunyodkor») stadionida kutamiz!

COCA COLA SUPERLIGA. 11-TUR
«BUNYoDKOR» - «NASAF»
16 iyun. Toshkent. «Milliy» («Bunyodkor») stadioni. 19:30

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив