Neymar yoki Grizman? «Barselona» futbolchilari ulardan qay birini tanlashdi?

«Barselona» klubi bu mavsumda hali katta harid amalga oshirganicha yo'q. Qariyib 2 oy muhokamalarga sabab bo'lgan Neymar va Grizman transferi yakunlovchi bosqichda turibdi. Faqat endi vaziyat shuni taqozo qilyaptiki, ular bu futbolchilarning ikkisidan birini tanlashga majbur. Ko'ramiz, «Barselona» futbolchilari va murabbiysi bu ikki yulduzdan qay birini tanlaydi?

Ernesto Valverde

Men Neymarga bog'liq birorta yangilikka e'tibor qaratishni istamayman. Agarda u bizning klubga rasman o'tsagina, biron narsa deyishim mumkin. Unga qadar mening unga qanday munosabatda ekanligimni hamma yaxshi biladi. Grizmanga keladigan bo'lsak, u ayni mening rejamdagi futbolchi. Ko'pchilik Grizmanning kelishi Suarezni zahiraga o'tirib qolishi bilan yakunlanadi degan fikrda. Bu juda ham noo'rin qaror. Sababi, meni Grizmanga nisbatan alohida rejalarim mavjud.

Karlos Reshal (Klubning Transferlarga ma'sul hodimi)

Men Grizmanga achinaman. Unga o'xshash futbolchilar uchun bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi. Uning poezdi ketib bo'ldi va Grizmanning  bizning klubga o'tishiga ishonish qiyin. Sababi, biz u bilan muzokaralarni batamom to'xtatdik. Uning «Atletiko Madrid»da qolishini istaganiga bizning zarracha aloqamiz yo'q. Neymar  o'z vaqtida bizni ranjitib ketgan bo'lsada, vaqt o'tib o'z xatosini angladi degan umiddaman. Hozirda uning ortga qaytishi anchagina jiddiy masala. Shunday bo'lsada, biz uni o'zimiz uchun foydali hisoblaymiz va Parij klubi bilan muzokaralar o'tkazishda davom etamiz.

Pike

Uning qaytishi biz uchun quvonchli yangilik bo'lar edi. Sababi, uning klubimiz uchun ko'rsatgan hizmatlarini qadrlaymiz. Uning ketishi ko'pchilik uchun tushunarsiz ko'ringan edi, lekin biz uchun emas. Neymar ketishidan avval biz u bilan gaplashib oldik va uni tushundik. Neymarga nisbatan futbolchilarda hech qanday adovat yo'q. Afsuski, muxlislarimiz uni yoqtirishmaydi. Biroq bu qo'rqinchili emas. Ular bilan til topishsa bo'ladi. Biz Neymarning qaytishini kutyapmiz!
Grizmanning iqtidoriga shubham yo'q, biroq unga asosiy tarkibda joy topilishiga ishonchim komil emas. Antuan aynan shu sababli bizning jamoaga o'tmagan ko'rinadi. U «Barselona»da zahira futbolchisi bo'lgandan ko'ra, «Atletiko Madrid»ning yuragi bo'lishni afzal ko'rdi. Uning qarorini hurmat qilishimiz shart!

Ter Stegen

Agarda ikki futbolchidan birini tanlash kerak bo'lsa, men Neymarni tanlagan bo'lar edim. Muxlislar uning qanday qobiliyatli futbolchi ekanligini juda yaxshi bilishadi. U jamoa uchun qay darajada qadrli ekanligini hammaga ko'rsatib qoydi. O'z vaqtida Messi va Suarez uning yordami bilan butun dunyoda tengsizga aylangan, Neymar bu uchlik uchun bor kuchi bilan harakat qilganini hammamiz yaxshi esalaymiz. Neymar bizni yaxshi biladi va klubga tezda moslashib ketadi.
Grizman haqida esa bunday deya olmayman. Agarda u bizning klubda ham «Atletiko Madrid»da ko'rsatgan o'yinlarini namoyish etsa, hammasi joyida bo'ladi. Shunday bo'lsada, men Neymarni tanlayman. Negaligini yuqoridagi so'zlarim bilan izohlagan bo'lar edim.

Messi

Biz uchun hozirda eng muhimi avvalgi qudratimizni tiklab olish. Qolgani muhim emas. Muxlislarimiz Neymardan biroz ranjiganlari rost, lekin EChLda g'alaba qozonadigan bo'lsak, hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Grizman iqtidorli futbolchi, uning bizning klubga o'tmagani borasida to'liq ma'lumotga ega emasman. Balki, «Barselona» u bilan jiddiy qizqmagandir.
Tanlash kerak bo'lsa men Neymarni tanlayman. Sababi, u bor davrlarda bizni engishni deyarli iloji yo'q edi. Biz uchun hozirda natija hamma-hamma narsadan ustun!

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив