Lyubinko Drulovich: “Kuchli jamoani mag'lubiyatga uchratdik”

11 iyun kuni Namanganda o'tkazilgan O'zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari (3:2) o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'rtoqlik uchrashuvlari o'zbek futboli rivoji uchun foydali va muxlislar ushbu g'alabalardan xursand bo'lishdi.

Misr olimpiya terma jamoasi juda jiddiy raqib. Misrliklar oldingi o'yinlarda AQSh terma jamoasi ustidan g'alaba qozonib, Gollandiya termasiga munosib qarshilik ko'rsata olishgan. Biz o'sha uchrashuvlarni o'rganib, tahlil qilgandik. Qisqasi, shogirdlarim jahonning kuchli terma jamoalaridan birini mag'lubiyatga uchrata olishdi va menimcha, Andijon hamda Namanganda qozonilgan g'alabalardan muxlislar ham zavq olishdi, deb o'ylayman.

Fursatdan foydalanib, bugungi bahsda bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab, g'alabamizga madadkor bo'lgan namanganlik muxlislarga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishqibozlar 12-o'yinchi hisoblanishadi. Futbolchilarga ushbu o'yinlar oldidan muxlislarga g'alaba tortiq etish uchun maydonda barcha mahoratlarini namoyish ishga solishlarini ta'kidlagandim. Buni ular ajoyib tarzda uddalashdi va buning uchun shogirdlarimdan minnatdorman", - dedi Lyubinko Drulovich.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив