Ayollar futboli: 1-liga bahslari start oldi

Mamlakat chempionatining yuqori divizioni jamoalari mavsumning birinchi bosqich o'yinlarini yakunlash arafasida, kuchlilar ikkinchi bosqichda yana musobaqani davom ettirishadi.

Kecha O'zbekiston Kubogiga ham qur'a tashlandi. Unda oliy liganing 15ta va 1-liganing bitta jamoasi nimchorak final o'yinlaridan bahslarga kirishishi ma'lum bo'ldi. Toshkent viloyatining Qibray shaharchasida joylashgan shu nomdagi stadionda esa qizlar o'rtasida 1-liga musobaqalari start oldi va birinchi tur o'yinlari o'tkazildi.

1-turni AGMK-2 jamoasi qizlari yuqori kayfiyatda o'tkaza oldi va yakunda peshqadamga aylandi.

 

1-liga. 1-tur. 12-14 iyun. “Qibray” sport majmuasi.

Ishtirokchilar: “Xorazm” (Urganch), “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “Kimyogar” (Chirchiq).

 

Qayd etilgan natijalar:

12 iyun 

“Xorazm” - “Sevinch-2” - 5:2

“Kimyogar” - AGMK-2 -  -:+

 

13 iyun

“Xorazm” - “Kimyogar” – 4:1

AGMK-2” - “Sevinch-2” – 4:0

 

14 iyun

“Sevinch-2” -  “Kimyogar”– 3:0

“Xorazm” - AGMK-2 – 0:4

 

Shu tariqa 1-turdan keyingi AGMK-2 jamoasi yuz foizli natija bilan peshqadam bo'lib turibdi. “Xorazm” 6 ochko bilan ikkinchi, “Sevinch-2” esa uch ochko bilan uchinchi o'rinni band etyapti. “Kimyogar” jamoasida hali ochko yo'q. 

Navbatdagi 2-tur o'yinlari avgust oyiga belgilangan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив