Igor Sergeev 100 dovonni zabt etdi

Igor Sergeev "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvda professional faoliyatida yuzinchi golini urishga erishdi.

Shu 100 goldan 88tasini u "Paxtakor" tarkibida chempionat, kubok va Chempionlar Ligasi bellashuvlarida urgan. Chempionatda 73 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan Igor kubokda 5, OChLda 10 gol muallifi bo'lgan.

Milliy terma jamoamiz safida esa uning hisobiga 12 gol yozilgan. Joriy mavsumda Sergeev jamoamiz uchun 7 gol urishga muvaffaq bo'ldi. Chempionatda 5 bor, Chempionlar Ligasida 2 marta zafar quchdi. Umid qilamizki, Igor kelajakda ham gollari bilan "Paxtakor" va milliy terma jamoamizga muhim g'alabalarni keltirishda davom etadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив