Amerika kubogi. Argentina chorak finalga chiqdi

Amerika kubogining "V" guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Argentina terma jamoasi guruhning so'nggi turida Qatarni mag'lub etib, pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Uchrashuv boshida Martines qatarlik himoyachilarning qo'pol xatosidan foydalanib, hisobni ochdi. Argentinaliklar o'yin davomida bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Xususan, Agueroning zarbalariga aniqlik etishmadi. Faqatgina o'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida "Manchester Siti" hujumchisi ikki himoyachidan qoqib ketib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Guruhning ikkinchi o'yinida esa muddatidan avval keyingi bosqichiga chiqib bo'lgan Kolumbiya Paragvayni mag'lub etdi. Natijada Argentina terma jamoasi 2-o'rin orqali chorak finalga chiqdi. Bu bosqichda "albisilesta"ga Venesuela raqib bo'ladi.

Amerika kubogi, "B" guruhi, 3-tur
Qatar – Argentina 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Martines, 0:2 – 82 Aguero.
Qatar – Ash-Shiyb, Pedru Migel (Ismoil, 85), Ar-Roviy, Xuxiy, Al-Hpjriy (Abdussalom, 77), Salmon, Xolid, Budiaf, Hotim, Ali, Afif.
Argentina – Armani, Saraviya, Foyt (Petstselya, 85), Otamendi, Talyafiko, de Paul, Paredes, Lo Chelso (Akunya, 55), Messi, Martines (Dibala, 76), Aguero.
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (42), Foyt (44), Ali (51), Budiaf (75), Abdussalom (89).

Kolumbiya – Paragvay 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Kuelyar.
Kolumbiya – Montero, Aryas, Sapata, Lukumi, Borxa, Lerma, Kuelyar, Kardona (Barrios, 85), Kuadrado (Xames, 58), Falkao (Sapata, 66), Dias.
Paragvay – Fernandes, Piris, Gomes, Alonso, Arsamendiya, Gonsales (Romero, 82), Sanches, Roxas (Iturbe, 63), Roxas (Dominges, 46), Almiron, Kardoso.
Ogohlantirishlar: Borxa (29), Lukumi (42), Arsamendiya (49).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив