MOQda sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarini xushyorlikka chaqiruvchi antidoping seminari o'tkazildi

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida “Sportda ta'qiqlangan preparatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, Sog'liqni saqlash vazirligi, Milliy antidoping agentligi, MOQ qoshidagi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM), barcha federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastavval O'zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Nodirbek Tursunov so'zga chiqib, Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning ayni paytdagi talablari, tashkilotning ta'qiqlangan preparatlar ro'yxatida yuz berayotgan o'zgarishlar xususida gapirib berdi. Shundan so'ng RSTIAM rahbari Abdushukur Sodiqov mavzu yuzasidan tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi.

Zamonaviy sportda farmakologik vositalar yuqori natijalarga erishishning asosiy sababchisiga aylanib ulgurgan. Biroq ulardan to'g'ri va oqilona foydalana olish esa har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Doping deganda, ko'pchilik sportchiga qo'shimcha kuch va energiya beruvchi vositani tushunadi. WADA bundan tashqari sportchilarning tez tiklanishiga, og'riqni qoldirishga yordam beruvchi ko'plab dori vositalarini ham doping qatoriga qo'shgan. Bularning barchasi sportchining hayoti bilan hamnafas. Shunday ekan ta'qiqlangan preparatlardan o'z vaqtida xabardor bo'lish o'ta mas'uliyali vazifaga aylangan”, – dedi Abdushukur Sodiqov.

Seminarda so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov sohaning yurtimizdagi rivoji borasida o'zining tanqidiy fikrlarini bildirib o'tdi.

Ochig'ini aytsam, bu seminarda yanada ko'proq ma'lumot olaman, ko'proq tahlil eshitaman, deb o'ylagan edim. Bu erda o'z sohasining haqiqiy mutaxassislari o'tirishibdi. Sportchi tahlilining ijobiy chiqishi mamlakat imiji uchun ham salbiy ta'sir qiladi. Biz bu borada yanada ko'proq izlanib, dopingdan saqlanishimiz kerak. Antidopingdagi yangiliklar bo'yicha soatlab gapirsa bo'ladi. Tan olishimiz kerak, bizning bu sohada katta bilimga ega mutaxassislarimiz kam. Sport doktorlarini xalqaro seminarlarga jo'natib, ularning bilimini oshirish lozim. Afsuski, Tokio Olimpiadasigacha qolgan vaqt buning uchun qisqalik qiladi”, – dedi Oybek Kasimov.

Taqdimotda WADA tomonidan ta'qiqlangan preparatlarning so'nggi yangilangan ro'yxati ma'lum qilindi. Shuningdek, seminar davomida bir qator mutasaddi rahbarlar va murabbiylar so'zga chiqib, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida farmakologik vositalardan to'g'ri foydalanish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив