Simeone: «Messi Maradona bilan emas, faqat Ronaldu bilan raqobatlashmoqda»

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Messida o'ziga xos jihat bor — uni hech narsa bezovta qilmaydi. U jamoasining g'alaba qozonishini istaydi. U Valverde qo'lostida 4-4-2, Luis Enrike davrida 3-5-2 va Gvardiola paytida 4-3-3 taktik sxemalariga moslashdi va o'z o'yinini namoyish etdi.

Ko'pchilik uning Maradona bilan raqobatlashayotganini aytadi. Ammo, mening fikrimcha, Messi faqat Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlashmoqda. Balki, u Mundial va Amerika kubogida g'olib chiqishni istar, ammo Leo hozirda eng kuchli ekanini isbotlash uchun faqat Ronaldu bilan raqobatga kirishgan", - dedi Simeone.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив