David Silva 1 yildan keyin «Manchester Siti»ni tark etishini e'lon qildi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi David Silva 2019/20 yilgi mavsum so'ngida klubni tark etishini e'lon qildi.

«10 yil — etarlicha vaqt. Bu mening klub safidagi so'nggi mavsumim bo'ladi. Dastlab «Manchester Siti» rahbariyati menga 2 yillik shartnoma taklif qilgan edi. Lekin men klubda yana bir yil qolishga qaror qildim. Boisi, "Siti"dagi 10 yillik faoliyatimdan keyin jamoani tark etaman. Bu yaxlit tsikl. Mening oilam bor. Ular bilan ko'proq birga bo'lishni istayman», – dedi ispaniyalik futbolchi.

Silva 2010 yildan «Valensiya»dan «Manchester Siti»ga o'tgan edi. U jami 396ta o'yinda maydonga tushib, 71ta gol urdi va 129ta golga uzatma berdi. Silva "shaharliklar" safida 4 karra Angliya chempionligini qo'lga kiritdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив