Ikrom Aliboev: «Server Jeparov singari «Seul» bilan Koreya chempioni bo'lmoqchiman»

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev 2019 yil avvalida “Lokomotiv”dan Janubiy Koreyaning “Seul” klubi safiga borib qo'shildi.

Ayni paytga kelib mahoratli futbolchi koreys klubi tarkibida 15 ta bahsda maydonga tushib, 2 bora raqiblari darvozasini ishg'ol etishga ham muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, jamoadoshlarini 3 marta golli uzatma bilan ta'minlab,

25 yoshli futbolchi “Seul” klubidagi faoliyati qanday ketayotgani xususida O'FA matbuot xizmatiga gapirib berdi:

- “Seul” jamoasidagi ishlarim a'lo darajada ketmoqda, desam ham bo'ladi. Jamoa murabbiyi doim ishonch bildirmoqda. Qolaversa, jamoamiz yuqori o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.

O'zbek va koreys futbolini solishtirsam, bu erda futbol ancha tezroq. Shu boisdan ilk uchrashuvlarda tempga kirishib ketish oson bo'lgani yo'q. Lekin jamoadoshlarim hamda muxlislar hamisha qo'llab-quvvatlab turishdi va ayni paytga kelib Koreya K-ligasiga ancha moslashdim, deya olaman.

"Seul" FK o'z oldiga faqat va faqat oliy maqsadlarni qo'yadi. Shu bois men ham xuddi Server Jeparov singari ushbu jamoa bilan Koreya chempioni bo'lish istagidaman, - dedi futbolchi.

Ta'kidlash joiz, hamyurtimiz Server Jeparov ham 2010-2011 yillarda “Seul” klubi sharafini himoya qilgan va mazkur klub safida Janubiy Koreya chempioniga aylangan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив