«Bavariya» nigohini Usmon Dembelega qaratadi

«Bavariya» klubi hamon «Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Sanega qiziqishda davom etmoqda. Ammo "shaharliklar" germaniyalik futbolchiga nisbatan bo'layotgan taklifga rad javobini berib kelishmoqda.

Myunxenliklar 23 yoshli futbolchining transferini amalga oshira olishmasa, jamoa o'z e'tiborini «Barselona» hujumchisi Usmon Dembelega qaratadi. «Bavariya» direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummeniggening shaxsan o'zi Dembele bilan shartnoma imzolanishini istamoqda.

Germaniyaliklar 2016 yilda ham Usmonga qiziqish bildirishgandi. Ammo o'shanda frantsiyalik futbolchi «Renn»dan Dortmundning «Borussiya»ga o'tishga qaror qilgandi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив