Transfer olamidagi so'nggi yangilikar

Transfer bozoridagi shov-shuvli xabarlar ko'payganidan ko'paymoqda. Hozir e'tiboringizga kuning eng muhim transfer voqealari aks etgan maqolani taqdim etamiz.

«Roma» yulduzini olib qolmoqchi emas

«Roma» klubining italiyalik hujumchisi Stefan El Shaaravi jamoani tark etishga qaror qildi. Eng qizig'I shundakib futbolchining keyingi manzili XItoy klubi sanaladigan «Shanxay Shenxua» jamoasi bo'lishi kutilmoqda. «II Tempo» nashrining xabar berishicha , Chin yurti vakillari futbolchi uchun 18 million evro taklif qilishmoqda. Bundan tashqari Xitoy klubi hujumchining maoshi borasida ham ajoyib taklif bildirgan.  Unga ko'ra Stefan yiliga 13 million evro maosh oladi. Bu uning hozirgi maoshidan 4 barobar ko'proq degani.
Eslatib o'tamiz, Stefan El Shaaravi yakunlangan mavsumda 28 bor maydonga tushdi va 11 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Bundan tashqari uning hisobida 6 ta golli uzatma ham mavjud.

«Real Madrid» futbolchisi APLga o'tishga yaqin turibdi

«Qirollik klubi» futbolchisi sanaladigan Dani Sebalos faoliyatini APLda davom etirishi mumkin. «Le Gazzeta della sport» nashrining xabar berishicha, futbolchi uchun Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Emiri Sebalosni jamoani tark etishi kutilayotgan Torreyraning o'rnini bosishini taxmin qilmoqda. Torreyra yangi mavsumni katta ehtimol bilan «A tseriya» klublaridan birida boshlashi haqida bundan biroz avvalroq xabar bergan edik. 22 yoshli futbolchining o'zi klubda qolishni istamoqda. «Real Madrid» jamoasi «Arsenal»ning taklifini atroflicha o'ylab ko'rish uchun biroz vaqt oldi.

Pepe «Liverpul»ga kerak emas

«Liverpul» klubi «Lill» jamoasi hujumchisi Nikolya Pepeni sotib olish niyyati yo'q ekanligini rasman e'lon qildi. Bu ma'lumot internetda paydo bo'lgach, futbolchining agenti bu xabarni o'zi tarqatganini e'lon qildi. U shu yo'sinda o'z mijoziga bo'lgan qiziqishni yanada ommalashtirmoqchi bo'lgan deb xabar bermoqda «AC» nashri.
«Liverpul» klubi o'z muxlislariga rasmiy bayonot bilan chiqdi va Ivuarlik futbolchi bilan «qizillar» umuman aloqa qilmaganini takidladi. So'ngra klubning transfer oynasidagi asosiy maqsadi jamoani to'liq tarkibda saqlab qolish ekanligini e'lon qildi.

«Yuventus» Pogbani qo'lga kiritish uchun yashirin qurolni ishga solmoqchi!

Frantsiyalik futbolchi «Adidas» brendining yuzi sanalishidan xabaringiz bor. Turin super klubi ham aynan shu brend bilan hamkorlik qilib kelmoqda. «Yuventus» Pogbaning transferi amalga oshishi uchun «Adidas» brendini ishga solmoqchi deya xabar bermoqda «Corriera della sport»
Hozircha «Adidas» qay yo'sinda futbolchini «Yuve» tomonga og'dirishga harakat qilishi nomalum, biroq «Keksa Seniora» hamkorining yordamidan umid qilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Barselona» himoyachi izlamoqda

«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi sanaladigan shvedsiyalik Lindelofning o'z safiga qo'shib olishni istayotgan «Barselona» rad javobini oldi. Katoloniya klubi  De Ligtni qo'lga kirita olmagach, bor e'tiborini Viktor Lindelofni qaratgan edi. «Qizil iblislar» esa  «Barsa»ning taklifini qat'iyan rad etdi va muzokarlar uchun hech qanday imkon qoldirmadi.
Eslatib o'tamiz, Shvetsiyalik himoyachisi 2017-yilda «Manchester Yunayted» safiga 35 million evro evaziga «Benfika» klubidan o'tgan edi.

«Lester» himoyachisi uchun kurash boshlanmoqda

«Tulkilar» himoyachisi Xarri Maguaer uchun kurash jiddiy tus olmoqda. Hozirda futbolchi uchun Manchester shahrining bir yo'la ikki klubi kurash olib bormoqda. Ikki klub ham «Lester» klubiga himoyachi uchun 65 million funt taklif etishgan bo'lsada, «tulkilar» o'z o'yinichisini 80 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Agarda bu transfer amalga oshadigan bo'lsa, «Lester» himoyachining o'rnini «Bernli» klubi futbolchisi sanaladigan Djeyms Tarkovski bilan to'ldirmqochi. Agarda Maguaerning transferi amlaga oshadigan bo'lsa, «Lester» darhol Tarkovskiyni o'z safiga qo'shib olish ishlarini boshlab yuboradi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив