Lukaku «Manchester Yunayted»ning mashg'ulotida qatnashmayapti

“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Manchester Evening News’ning xabar berishicha, belgiyalik futbolchi ayni vaqtda “Inter” bilan muzokara o'tkazayotgani bois, “MYu”ning Avstraliyada bo'layotgan yig'inida qatnashmayapti.

“Inter” belgiyalik futbolchi uchun 70 mln evro berishga tayyor, lekin ushbu mablag'ni uchga bo'lib to'lamoqchi. Biroq “MYu” bu shartga ko'nmayapti.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив