Kurashchi qizimiz Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi

Tailandning Chon Buri shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlarga start berildi.

E'tiborlisi, unda -76 kilogramm vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz Shahribonu Ellieva musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz finalda xitoylik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bu terma jamoamizning musobaqada qo'lga kiritgan oltinchi medali bo'ldi. Bungacha yunon-rim kurashi bellashuvida polvonlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg'arishgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив