Yana bir o'zbek bokschisi jiddiy raqibga qarshi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Professional boksning o'ta engil (-50,8 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Olimjon Nazarov (18-5, 11 KO) 25 avgust kuni chempionlik kamari uchun jangga chiqadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli bokschi 25 avgust kuni filippinlik Ivan Sorianoga (20-2-1, 10 KO)qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur jang WBO International chempionlik kamari uchun kechadi.

Eslatib o'tamiz, Olimjon Nazarov ayni vaqtda Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg'ulotlar olib bormoqda. So'nggi marta u 16 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tgan boks oqshomida gruziyalik Mishiko Shubitidzeni (11-14-2, 4 KO) birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.

Ma'lumot uchun, Ivan Soriano ancha mashhur bokschi bo'lib, ayni vaqtda u birinchi o'ta engil vazn toifasida IBF reytingida 10, WBO reytingida 11-o'rinda bormoqda. Soriano Nazarov bilan jangda o'rtaga qo'yilgan kamar uchun bir marta ringga chiqib mag'lubiyatga uchragan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив