Iguain ketishga ko'nmaganidan so'ng "Yuve" boshqa hujumchisini sotmoqchi

"Yuventus" klubi 19 yoshli hujumchi Moyze Kin bilan xayrlashishi mumkin.

Yosh futbolchining sotilishiga argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainning klubdan ketishdan bosh tortgani sabab bo'lmoqda.

"Milan" va "Chelsi"da omadsiz mavsumlarni o'tkazib qaytgan Iguain turinliklar safini tark etmoqchi emas. U o'zning nimalarga qodirligini jamoaning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarriga isbotlamoqchi, shuning uchun "Roma" va "Vest Hem" klublaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.

Shu sababli "Yuventus" Kinni to'liq sotmoqchi yoki ijaraga bermoqchi. Bu futbolchiga "Everton" va "Ayaks" klublari qiziqmoqda. Futbolchining otasi o'g'lining "Inter"da o'ynashini istamoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив