Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi

Tailandning Chon Buri shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida erkin kurashchilar ham bahslarga kirishdi.

Bugun o'tkazilgan birinchi kun bellashuvlarida vakillarimiz 2 ta bronza medaliga egalik qilishdi.

-65 kilogarmm vazn toifasida Bobur Islomov hamda -70 kilogrammda kurashgan Mirkamol Beshimov shohsupaga ko'tarilishdi. Islomov bronza medali uchun kechgan bellashuvda hindistonlik raqibini 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Beshimov bu borada mezbon kurashchiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Shu tariqa terma jamoamizning musobaqada jamg'argan umumiy medallari hozircha 1 ta oltin, 4 ta kumush hamda 5 ta bronzani tashkil etmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив