Neymar "PSJ" ixtiyoriga etib keldi va mashg'ulotlarga kirishdi (foto)

"PSJ" hujumchisi Neymar klub ixtiyoriga qaytdi.

Braziliyalik futbolchi yakshanba kuni kechasi San-Pauludan uchdi va bugun tongda jamoa mashg'ulotlarida qatnashish uchun klub bazasiga etib keldi.

Shuningdek, bugun klub sport direktori Leonardo bilan Neymar o'rtasida futbolchining kechikishi muhokama qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 8 iyul kuni "PSJ" futbolchining mavsumoldi mashg'ulotlariga kelmaganini ma'lum qilgan edi. Neymarning otasi o'g'lining yana bir haftalik ta'tili borligini aytgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив