"Barselona" De Ligtni "Yuventus"dan og'dirish uchun so'nggi bor urinib ko'rdi

"Barselona" klubi "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligtni "Yuventus"dan og'dirib olish uchun oxirgi marta urinib ko'rdi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu de Ligtga qo'ng'iroq qildi, ammo futbolchi yo'nalishni agenti Mino Rayolaga burib yubordi. Agent esa Bartomeuga, agar "Barselona" "Yuventus" taklifini takrorlaydigan bo'lsa muzokaralar boshlashi mumkinligini aytdi. Shu sababli kataloniyaliklar gollandiyalik futbolchining transferidan butunlay voz kechdilar.

Bugun, 15 iyul kuni de Ligt Turin klubi ixtiyoriga etib kelishi, tibbiy ko'rikdn o'tishi va keyin shartnoma imzolashi kutilmoqda.

"Yuventus" 19 yoshli futbolchi uchun 70 mln evro to'laydilar, bu summa turli bonuslar hisobiga oshishi mumkin.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив