Luis Suarez hammani qiziqtirgan savollarga javob berdi 2-qism

Va'da qilinganidek Intervyuning ikkinchisi qismini e'tiboringizga havola etamiz.

Italiya terma jamosiga qarshi uchrashuv va himoyachini tishlab olganing haqida to'xtalib o'tsang…

To'g'risi, bu haqida juda ko'p so'rashgan bo'lsada ,  sira javob berishni istamayman. O'sha pallada nima bo'lganini tushuna olmay qoldim. Bir lahzaga hammasi yodimdan ko'tarilib ketdi. Eng achinarlisi oradan 10 daqiqa o'tib biz hisobni ochgan bo'lsakda, men quvona olmadim. Hayolimda faqat va faqat qilgan ishimning ta'siri qanday bo'lishi charx urayotgan edi. Menga o'sha uchrashuvdagi g'alaba tatimadi. O'yindan so'ng bizni muxlislarimiz qarsaklar bilan kuzatib qo'ydi. Albatta, biz dunyoning ikki grand terma jamoalarini guruhda qoldirib keyingi bosqichga chiqqan edik. O'yindan so'ng ayolim bilan suhbatlashdim. U menga «nimalar qilib qo'yding?»,- deya g'alati qaradi. Tan olish lozim, avvaliga sira o'zimni kechira olmadim. «Yo'q, men hech narsa qilmadim»,- degancha yig'lab yubordim. Kiyinish xonasidagi yigitlar tinimsiz qo'l telefonlari orqali voqea atrofidagi gap-so'zlarni havotir bilan o'qishga tushib ketishdi. Men esa indamay jim o'tirar edim. Bilasizmi, qilib qo'ygan ishim uchun juda qattiq afsus cheksamgina shunday xolatga tushib qolaman.

JCh arafasida sen «Barselona» bilan muzokaralarni boshlagan eding. Bu voqea yangi klubga o'tishingga o'z  ta'sirini  o'tkazishidan cho'chimadingmi?

Ha albatta, biz muzokaralarni boshlagan chog'imizda mundialga oz fursat qolayotgan edi. Bo'lib o'tgan voqeadan so'ng  meni kuchli qo'rquv qamrab oldi. Nahotki orzuyimga bir qadam qolganida qoqilsam?
Ertasi kuniyoq meni JCh uchrashuvlaridan chetlatishdi. O'sha kuni kechgacha huddi ahmoqlardek ko'chada yurdim. So'ng tunda «Barselona»sport  direktoriga qo'ng'iroq qilib klub meni sotib olish fikridan qaytmadimi deb so'radim. Bunga ishonish qiyin bo'lsada, hammasi shunday bo'lgan. Go'shakdan mehribon ovoz qo'rqmasligimni va ular meni harid qilish fikridan qaytmaganini aytganida o'zimi tutib tura olmadim. O'sha kuni turmush o'rtog'im ikkimiz rosa ko'z yosh to'kkan edik. Men ko'zlarimda yosh bilan faqat bir so'zni qaytarar edim – «Ular meni qabul qilishdi! Ular meni qabul qilishdi!»
Shunchalar katta xato qilgan bo'lsamda ular menga ishonishda davom etishdi va meni jamoa safiga qo'shib olishdi. «Barsa» meni juda iliq kutib oldi va o'z mehrini ayamadi. Men bu kunlarni sira unutmayman.

«Barselona» yigitlari juda inoq degan gaplarni ko'p eshitganmiz. Ho'sh sizlarda futbolchilarni laqab bilan chaqirish mumkinmi?

(kuladi) Ochig'Ini aytsam, shunaqasi bo'lib turadi. Men yigitlarning laqablarini sizlarga ayta olmayman. Bu jamoadoshlarimga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi.
Unday bo'lsa, o'zingni laqabing haqida ?
(kuladi) Shunaqayam yoqimsiz savol bo'ladimi?! Mayli, yaxshisi o'zim haqimda aytaman. Meni jamoada Leo va Pike ba'zan baqaloq deb chaqirishadi. Bu laqabni klubdagi yosh o'yinchilar aytishga jurat eta olishmaydi. Faqatgina do'stlarim yaqin olib hazil qilishlari mumkin. Aks xolda, meni jaxlim tez (kuladi)

Urugvayni bir necha yillardan beri Oskar Tabarez boshqarib kelmoqda. Uning g'alabalarining  siri nimada?

U deyarli 10 yildan beri terma jamoamizni boshqarib kelmoqda. Maestroning jamoamiz uchun qilgan ishlari tahsinga sazovor. Uni bizda shunday atashadi. Urugvay xalqi uchun maestro chinakam qaxramon. Futbolchilar uning har bir so'zini qonundek qabul qilishadi. Ayniqsa, yosh futbolchilar u bilan soatlab so'zlashib o'tirishni yoqtirishadi. Uning atrofidagi hamma nimadir o'rganish ilinjida. Shaxsan mening fikrimcha u Urugvaydagi eng hurmatga loyiq inson. Bizda terma jamoa yomon uchrashuv o'tkazsa hech kim uni tanqid qilmaydi. Hech  kim u haqida maqola yozmaydi. Shunchaki, birlashib muammoni hal qilishga urunishadi.
Maestro meni o'spirin chog'imdan boshlab tarbiyalab futbolchi qilib etishtirdi. Har bir transferimdan avval men bilan maslaxatlashadi. Ayniqsa, 2014-yildagi mundialdagi ko'ngilsizlikdan so'ng mening chetlatilishimni biroz qisqartirish uchun FIFA hodimlari bilan uchrashganida unga rad javobini berishgach, shu tashkilotdagi mansabdor o'rnini topshirib yubordi va boshqa FIFA qo'mitasida ishlamadi. Bu hech narsani o'zgartirmagan bo'lsada, mening ko'nglimni tog'dek ko'targan edi. Maestro men umrim davomida erishgan hamma yutuqlarimning asosichisi sifatida xotiramda abadiy qoladi.

Edinson Kavani bilan tengdoshsizlar. U haqida fikring qanday

Bilasanmi, biz ikkimiz ham Urugvayning Salta shahridanmiz. 2007-yildan beri Urugvay uchun birga to'p suramiz. O'ylashimcha, xalqimiz undan juda mamnun. U Urugvay futboli nomini butun Evropada oqlab kelmoqda. Biz shu kunga qadar elkama-elka turib ko'plab muammolarni hal etganmiz. Keyingi mundialda 35 yoshda bo'lsakda, birga to'p surish niyatimiz bor!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev tarjima qildi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив