«Dinamo» «Navbahor»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Ayni damda Chimyon tog'li hududida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etgan “Dinamo” jamoasi asosan jismoniy tayyorgarlikka katta e'tibor qaratmoqda.

Tog'li hududdagi mashg'ulotlarda jamoaning barcha futbolchilari ishtirok etishmoqda. “Dinamo”ning Chimyondagi yig'ini 19 iyul kunigacha davom etadi.

20 iyul kunidan Toshkentda tayyorgarlikka kirishadigan jamoamiz dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini shu kunning o'zida o'tkazishni rejalashtirgan. Davron Fayziev boshchiligidagi “Dinamo” klubiga shu kuni Deyan Jurjevich boshchiligidagi “Navbahor” klubi raqiblik qiladi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Superliga ikkinchi davrasini 14-turda Toshkentda “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Nazorat uchrashuvi.
20 iyul (shanba). Toshkent.
«DINAMO» - «NAVBAHOR».

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив