Buffon ko'plab sirlarni oshkor qildi

Bundan bir necha kun avval Luis Suarez bilan maroqli suhbatni e'tiboringizga taqdim etgan edik. Endigi suhbatdoshimiz futbol olamining tirik afsonasi Janluijji Buffon bo'ladi. Bugun Jiji bilan suhbat davomida futbolchining siz bilmagan qirralari ochilsa, ajab emas.

Sen sportchilar oilasida tavallud topgansan. Shu haqida to'xtalib o'tsang

Ota – onam professional sportchilar. Opalarim volleybol bilan anchadan beri shug'ullanishmoqda. Ulardan biri hattoki volleybol bo'yicha YChL g'olibligini ham qo'lga kiritgan. Men oilada eng kichigi bo'lganim uchun ularga o'xshashga intilib yashagan bo'lsam kerak.

Sen katta futboldagi debyut uchrashuvingni  «Milan»ga qarshi «Parma» safida o'tkazgan eding. Adashmasam, o'sha paytda 17 yosh bo'lsang ham to'p o'tkazib yubormaganding?!

90 – yillarda «Parma» Italiyaning eng kuchli klublaridan biri edi. 10 yil davomida bu jamoa 2 bor UEFA kubogini, bir bor super kubokni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.
O'sha uchrashuv biz uchun juda muhim edi. Sababi, turnirdagi etakchilik uchun aynan «Milan» bilan bahslashayotgan edik. Ularning tarkibida   Savichivich, Maldini, Badjo singari super yulduzlar to'p surar edi. O'sha uchrashuv boshlanishidan avval menga asosiy tarkibda maydonga tushishim haqida aytishganida sira qo'rqmadim. Ishonasanmi, bunday imkoniyat paydo bo'lganidan quvonib ketdim. Ichimda: «Mana Buffonni butun dunyoga tanitish imkoni mavjud» deb kulib qo'ydim. Uchrashuvning xayajonini quvonch to'liq yopib tashlagani shundoqqina yodimda qolgan. O'sha uchrashuvda o'z darvozam dahlsizligini saqlab qolgan edim. Bu o'yin mening hayotimni keskin o'zgartirib yuborgan desam, adashmagan bo'laman.

Terma jamoa haqida…

19 yoshga to'lgan paytimda terma jamoadan chaqiruv oldim. Bu men uchun yangilik bo'lmay qoldi. Men termaning 3 – darvozaboniman va menga deyarli o'ynash imkonini berishmaydi. Esimda bor  Rossiyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Moskvaga etib bordik. 98 – yildagi JCh uchun saralash uchrashuvlari edi.
O'yinning 25 – daqiqasida asosiy darvozabon tizzasidan jarohat oldi va o'zini almashtirishlarini so'radi. Avvaliga yosh bolalardek xursand bo'lib ketdim. Keyin murabbiy maydonga tushishmni buyurganida biroz qo'rqdim. Sababi, maydon to'liq qor bilan qoplangan va bu uchrashuv biz uchun juda muhim edi. Men maydonga tushishim bilan o'zimni qo'lga oldim va jamoam uchun sovuqqonlik bilan o'ynay boshladim. Eng qizig'I men maydonga tushgan  zahotim ruslarda ajoyib imkoniyat bo'ldi, men esa chap qo'lim bilan seyf amalga oshirib muqarrar goldan qutulib qoldim. Aynan shu voqea o'yinga to'liq kirishib ketishimni ta'minlab berdi.

2006 – yil Germaniyada bo'lib o'tgan mundial haqida

Germaniyadagi JCh fantasik ruhda o'tgan edi. Gap bizning chempion bo'lganimizda emas, Germaniyada bizni italiyaliklar juda yaxshi qo'llab – quvvatlagan edi. Biz o'zimizni huddi uyda o'ynayotgandek  his qilgan edik. Ayniqsa, yarim finalda Germaniyaga qarshi kechgan bahsni xotirlasam, yuragim tez urib ketadi. Bilasizmi, o'sha uchrashuv hayotimdagi eng katta bosimda o'tgani bilan yodimda qolgan. Hozir yoshim qirqdan o'tgan bir paytda o'sha bosimni ko'tara olmasligim aniq. Biz nemislarga qarshi kechgan bahsda so'nggi daqiqalargacha kurashgan edik. Mezbonlar ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng mehmonxona eshigi tagida bizni 10 ming muxlis kutib olgan va final uchrashuvida bizga omad tilagan edi. Ishonasizmi, Germaniyaga qarshi bahsdan so'ng biz juda xotirjam edik. Xuddi JChni yutib bo'lgandek, ko'ngillarimizda sokinlik bor edi. Shu o'rinda bir sirni ochaman. Biz mehmonxonaga qaytgach final uchrashuvi haqida bosh qotirish o'rniga finalga chiqqanimizni nishonlaganmiz. O'yin-kulgi chinakam bayramga ulanib ketgan edi.

Bundan yomoni bo'lmasa kerak, shunchalar o'z kuchiga ishongan jamoa edimi Italiya?

Bu axmoqlik edi. Shunday bo'lsada, yigitlar g'alaba qozonishga juda ishonib qolishgan, o'sha paytda dunyo terma jamoasi bizga qarshilik qilganida ham ularni ham enggan bo'lar edik. Germaniyaga qarshi bahs oldidan 8 soat uhlab olgan bo'lsam, final oldidan atigi 2 soat uhlagan edim. O'sha kuni menga noqulayroq yotoq tushib qolganmidi, to'g'risi hozir yodimda yo'q. Hazillashdim ( kuladi )! Qanday qilib JCh finali oldidan ko'zga uyqu kelishi mumkin?! Eng kuchli inson ham bosimni engib o'tish uchun qo'lidan kelganicha harakat qiladi…
Ishonasizmi, final o'yinida deyarli asabiylashmadim. Ichimdan bir ovoz finalda g'alaba qozonishimizni aytib  turar edi va shunday ham bo'ldi. Mundial g'olibligidan so'ng bizni hech narsa quvontirmay qo'ydi. Yigitlar shu qadar katta quvonchni boshdan o'tkazdishdiki, boshqa hech qanday yutuq ularni xursand qila olmasdi. Shaxsan men shunday hislarni boshdan kechirdim…

Italiya terma jamoasi  songgi JChga chiqa olmadi. Buning sababi nima deb o'ylaysan?

Bilasanmi, menimcha nimadir notog'ri ketmoqda. Sababi, Italiyada iqtidorli yigitlar yo'q ekanligiga ishonmayman. Ba'zan bu avlodni juda kuchsiz deb atashlaridan hayron qolaman. Men terma jamoada to'p surishni boshlagan paytlarimda Totti, Badjo, Inzagi, Maldini, Vieri singari super yulduzlar to'p surar edi. So'nggi 5-10 yil ichida Italiyada iqtidorli yigitlar to'p surdi. Jamoamiz ham kuchli futbolchilardan tashkil topgan edi, biroq bizga ekstraklass futbolchilar etishmadi. Eng muhim pallada o'yinni o'ziga ola biladigan, hech narsadan cho'chimay panenko uslubida penalti tepa oladigan super iqtidorlar bizga etishmadi. Shunday bo'lsada, 2012 – yilda finalda o'ynadik. Bu hammaning yodidan ko'tarilib ketgan bo'lsa, ajab emas. Italiya terma jamoasida to'p suruvchi futbolchilarning barchasi ustida millat libosi ekanligini chuqur his qilgani uchun ham biz maydonda ikki hissa kuch bilan harakat qildik. Afsuski, yuqorida aytganimdek yulduzlarsiz tarkib bilan ko'zlagan maqsadimizga erisha olmadik.

Hozirda «A seriya» ning saviyasi «La Liga» va «APL»nikidan qanchalar orqada? YChL g'olibligi uchun «Yuventus»dan boshqa klub nima uchun kurasha olmayapti?

Bilasanmi, menimcha bizning chempionat biroz kuchsizroq, lekin shunday bo'lsada, muammo bunda emas. Masalan, Frantsiya terma jamoasini olaylik. Ularning 90 foiz futbolchilari super klublarda to'p surad. Aynan shu sababli terma jamoa Rossiyada bo'lib o'tgan mundilada g'olib chiqdi. Mana muammo nimada: bizning chempionat kuchsiz emas, bizning futbolchilar kuchli klublarda to'p surmay qo'ydi. Hozirda Verattini inobatga olmasak, birorta super klubda italiyalik futbolchining o'zi yo'q! Bizda iqtidorlar bor, lekin ular «Yuventus» darajasidan uyog'iga o'tishni istashmayapti.

«Yuventus» «B seriya»ga tushib ketganida nima uchun boshqa klubga o'tmading? Senda EChLni yutish imkoni bor ediku?

Agarda vaqt meni ortga qaytarsa, men yana jon deb «B seriya»da to'p surgan bo'lar edim. Men hamma futbolchilarga qarata shunday degim keladi: Futbolda puldan muhimroq narsalar mavjud. Erkaklik g'ururi, muxlislarning hursandchiligi, jamoaga sodiqlik singari hislatlarni hech qanday pulga sotib olishning iloji yo'q. Biz «B seriya» g'olibi bo'lgan yilimiz juda quvnoq o'tgan. Keyin oliy dvizionda bitta kumush, keyingi mavsumda bronza medallarga ega chiqdik. So'ngra, birdan bizni g'oliblik ruhi tark etdi. Ishlash uchun maqsadimiz qolmagandek edi go'yo. Yigitlarda ertangi kunga bo'lgan ishonch keskin pasayib ketdi va biz mavsumni 7 – o'rinda yakunladik. Biz «A seriya»ga chiqqanimzdan 6 yil o'tibgina «skudetto»ga ega chiqdik. Uni qo'lim bilan ko'kka ko'tarar ekanman, o'zim ham qo'shilib uchib ketgandek bo'ldim…
Doimo EChLda to'p surib yuruvchi jamoaning birdaniga hamma narsadan ayrilishi bizga og'ir ta'sir qilgan edi. Shunday bo'lsada, hammasini engib o'tdik va hozirda «Yuventus» Evropaning grand klubiga aylandi.

Sen doimo ko'plab grandlarning e'tiboridagi darvozabon bo'lgansan. O'sha qiyin 6 yil davomida nega boshqa klubga o'tib ketmading?

Intervyuning davomini saytimizda o'qishingiz mumkin.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив