Umtiti «Manchester Siti»ga o'tishi mumkin

«Manchester Siti» klubi «Barselona» himoyachisi Samuel Umtitiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Le10Sport xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" frantsiyalik futbolchini sotishga tayyor. Ammo klub uni 50 million evrodan kamiga sotmaydi.

«Siti» Umtiti borasida rasmiy taklifni hali yubormadi. Shuningdek, himoyachiga «Arsenal» va «Yuventus» jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

Umtiti 2016 yilning yozida 25 million evro evaziga «Lion»dan «Barselona» safiga o'tgandi. Uch mavsum mobaynida u 6ta sovrinni qo'lga kiritdi — 2martadan La liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив