Afrika millatlar kubogi. Jazoir chempionlikni qo'lga kiritdi

Afrika millatlar kubogining final bahsi bo'lib o'tdi. Misrda bo'lib o'tgan musobaqaning hal qiluvchi o'yiniga Senegal va Jazoir terma jamoalari etib kelishdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq jazoirliklar Bunedjaning goli evaziga hisobni ochishdi. Mazkur gol o'yinda yagonaligicha qoldi. Shu tariqa, Jazoir o'z tarixida ikkinchi marta qit'a chempionligini qo'lga kiritdi. Ular ilk marta 1990 yilda sovrinni boshlari uzra baland ko'tarishgandi.

Afrika millatlar kubogi, final
Senegal - Jazoir 0:1
Gol: Bunedja, 2 - 0:1
Senegal: Gomis, Gassama, Sane, Sabali, Kuyate, Ndiaye (Diatta, 59), Seve (Diane, 75), Sarr, Guye, Mane, Nyang (Keyta Balde, 85).
Jazoir: Mboli, Zeffan, Bensebayni, Mandi, Benlamri, Mahrez, Gediura, Feguli (Taxrat, 85), Bennaser, Belaili (Braimi, 84), Bunedja (Slimani, 89).
Ogohlantirishlar: Bensebayni (33), Belaili (54), Guye (79), Gassama (80), Mandi (90), Gediura (90).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив