Yuventus yangi o'yinchilar raqamlarni taqsimlab, Ikardiga «9»ni olib qoldi

"Yuventus" yozgi transfer paytida jamoaga kelgan yangi futbolchilarga raqamlarni taqsimladi.

Janluidji Buffon yangi mavsumda 77-raqamli futbolkada o'ynaydi. Mateys de Ligtga 4, Aaron Remsiga 8, Adrien Rabioga 25, Merix Demiral esa 28 raqamlar berildi. Jamoada 9-raqam bo'sh bo'lishiga qaramay, u ijaradan qaytgan Gonsalo Iguainga berilmadi. Argentinalik hujumchiga 21-raqam taqdim etildi.

Italiya nashrlari taxminiga ko'ra, turinliklar 9-raqamni boshqa argentinalik futbolchi — Mauro Ikardiga saqlab qolishdi. Hozirda "Yuventus" "Inter" forvardiga 8 million evro yillik shartnoma taklif qilmoqda. Ammo turinliklar Ikardining transfer summasi borasida "neradzurri" bilan kelisha olishmayapti. Katta ehtimol bilan bu transfer avgust oyida amalga oshadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив