«PSJ» Mbappeni jahonning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylantirmoqchi

«PSJ» klubi rahbariyati hujumchi Kilian Mbappeni jamoa safida olib qolish uchun harakatlarni boshlab yubordi. Jumladan, parijliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Frantsiyalik o'yinchi mazkur shartnomaga imzo chekadigan bo'lsa, uning yillik maoshi 50 million evroga teng bo'ladi. Natijada, Mbappe jahonning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. Yangi shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallanishi kutilmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, "PSJ" bu maqsad yo'lida Neymarni sotishi ham mumkin.

Mbappe 2018/19 yilgi mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalar doirasida 43ta o'yinda maydonga tushib, ularda 39ta gol urdi va 17ta golga assistentlik qildi.    «PSJ» hujumchini 180 million evro evaziga «Monako»dan sotib olgandi. Hozirda uning transfer narxi 200 million evroga baholanmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив