Eden Azar APL va La ligani taqqosladi

«Real» yarim himoyachisi Eden Azar «Chelsi»dagi faoliyatiga baho berdi.

«Londonda men katta tajriba to'pladim. Etti yil avval men «Chelsi»ga ko'chib o'tganimda, hali yosh bolaga o'xshardim. Endi esa ulg'aydim, faoliyatimda 500dan ortiq o'yinlarda ishtirok etdim. Hozir 28 yoshda bo'lsam-da, o'zimni hamon yosh his qilyapman.

Ispaniya La ligasi Angliya premer-ligasidan butunlay farq qiladi. Lekin tajribali futbolchi sifatida tezroq moslashsam kerak. Shu bois, "Chelsi"da olgan tajribam — eng muhimi», – dedi Azar AS nashriga bergan intervyusida.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив