«Monako» «Everton» futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

22 yoshli hujumchi Genri Onekuru faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradi.

Frantsuz klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, nigeriyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.

"Monako kabi katta klubga qo'shilganimdan xursandman. Men klubni mavsumni yaxshi o'tkazishiga yordam berish uchun harakat qilaman. Yangi jamoadoshlarim bilan uchrashuvni intizorlik bilan kutyabman", - dedi futbolchi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Onekuru ijara asosida "Galatasaroy" safida to'p surgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив