Neymarning «Real Madrid»ga o'tishi borasida Messi nimalar dedi?

Hozirda Neymarning «Real Madrid»ga o'tishi borasidagi mish-mishlar real voqeaga aylanib bormoqda. Evropaning mashxur nashrlari tarqatgan xabarlarga ko'ra, «Real Madrid» braziliyalik futbolchi uchun yiliga 40 million evro maosh belgilangan 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan bir necha kun ilgari Neymarning «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi xabar butun futbol olamamini o'ziga qarata oldi. Aynan shu mavzuda «Fut Bazza» nashri «Barselona» klubi futbolchilari  tomonidan intervyularni e'lon qildi. Biz esa, uni sizlarga ilindik.

Ernesto Valverde

Men uning ortga qaytishi borasida hech narsa deya olmayman. Kelajakda hamma narsa bo'lishi mumkin. Neymarning «Real Madrid»ga o'tishi borasidagi mish-mishlarni eshitishni ham xohlamayman. Men faqat bir narsani bilaman. U ham bo'lsa Neymar boshqa klub futbolchisi! Men esa, «Barselona» bosh murabbiyiman. To'g'risi, men faqat o'z jamoam haqida bosh qotiraman. Yigitlardan ko'nglim to'q. Biz mavsum oldi uchrashuvlarida ajoyib o'yin ko'rsatdik. Umid qilamanki, rasmiy uchrashuvlarga qadar biz o'z o'yinimizni yanada kuchaytirib olamiz.

Jerard Pike

Neymar klubni, shaharni, va kiyinish xonasini biladigan ajoyib futbolchi. U «Barselona» nima ekanligni juda yahshi biladi! Shunday insonlar bor-ki, ular Neymar ketgach undan nafratlanib qolishgan. Yana kimdir uning «Barselona»dagi o'yinlaridan hursand holda yangi jamoasiga kuzatib qo'ygan. Endi u «PSJ» futbolchisi va u haqidagi savollar bizni juda charchatmoqda. To'g'risi uning ortga qaytishi meni quvontirgan bo'lar edi. Afsuski, mening shaxsiy fikrim hech narsani o'zgartirmaydi. U «Barselona»ga qaytishi uchun ko'proq harakat qilishi lozim. U  buni chin dildan istasa, hammas amalga oshadi.

Uning «Real Madrid» safiga o'tishi hazildan boshqanarsa emas. Men u bilan deyarli har kuni gaplashib turaman. Shu kunga qadar biror marotaba u bu mavzu haqida so'z ochganicha yo'q.  Bundan tashqari u Katoloniyani juda yahshi ko'radi. O'ylashimcha Neymar «Real Madrid»ga o'tmaydi!

Artur

To'g'ri men uning do'stiman, biroq Neymarni bu mavzudagi savollar bilan bezovta qilishni istamayman. O'zi shundoq ham uni shu savollar bilan charchatib yuborishdi. Men u bilan boshqa mavzularda suhbat qurishni ma'qul ko'raman. Uning «Real Madrid»ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga to'xtalib o'tirmoqchi emasman. Neymar «Real Madrid» yoki «Barselona» jamoalaridan birida to'p surishi borasida hech qanday ma'lumotim yo'q. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

Men «Barselona» muxlisi sifatida shuni aytishim mumkin-ki, Neymarni Kataloniyada hamma kutmoqda. Bu shahar qachonlardir uning uyi bo'lgan. Men Neymardan bu shahar haqida juda ko'p iliq so'zlarni eshitganman.

Ochig'i, «Barselona» muxlislari singari uning ortga qaytishini juda istayman.
Agarda «Real» Neymar uchun eng qulay shariotlarni yaratib bersa ham, u Madridda o'zini yahshi his qila olmaydi. Neymar chinakam yulduz futbolchi va men u bilan terma jamoada birga to'p surishdan zavqlanaman. U qanday qaror qabul qilishidan qat'iy nazar kelajakdagi ishlariga rivoj tilab qolman.

Messi

Neymarning «Real Madrid» futbolkasini kiyishi qo'rqinchli tuyuladi. U «Barselona» uchun juda qadrli futbolchi bo'lgani bois u haqida bunday ma'lumotlarni OAV eshitish biroz yoqimsiz. Men uni juda yahshi bilganim bois, shuni aytishim mumkin-ki, u bunday xatoga yo'l qo'ymaydi. Agarda Neymar Madridga ko'chib o'tsa, uning uchun dunyodagi eng kuchli klubning yo'llari abadiy yopiladi.
Biz u bilan birgalikda ko'plab sovrinlar yutibgina qolmay, dunyoning eng qudratli klubiga aylanganmiz. Uning «Real Madrid» jamoasiga o'tishi jamoamiz va men uchun og'ir zarba bo'lishi aniq!

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив