Kirichenko: «Shomurodov Rossiya chempionati to'purariga aylansa, bundan hayron bo'lmayman»

«Rostov» klubi sobiq bosh murabbiyi Dmitriy Kirichenko hujumchi Eldor Shomurodov haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«U jamoaga kelgan paytida hali yosh edi. Moslashish uchun unga vaqt kerak edi. Bungacha u faoliyat oli borgan O'zbekiston chempionatida boshqacha futbol o'ynaladi — nisbatan sekin va kuchga asoslanmagan. U xarakterga ega ekani, futbolga to'g'ri yondashayotgani ko'rinib turardi. U berilgan barcha maslahatlar va nasihatlarni o'ziga oldi. Bundan tashqari, jismoniy holati va intiluvchanligi uni «Rostov»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylantirdi. Uning uchun xursandman. U Rossiya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylansa, bundan hayron bo'lmayman», — dedi Kirichenko Sportbox saytiga bergan intervyusida.

Shomurodov 2017 yilning yozida «Rostov» futbochlisiga aylangan edi. U Rossiya premer-ligasining ushbu mavsumida 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив