O'FA hamda MOQ rahbariyati Olimpiya terma jamoa murabbiylari bilan uchrashdi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar, o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib, oldindagi mas'uliyatli musobaqa – U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasi bilan tanishtirishdi.

MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichga barcha masalalarda to'liq ishonch bildirishi va qo'llab-quvvatlashini bildirib o'tdi.

O'z navbatida O'FA hamda MOQ rahbariyati O'zbekiston olimpiya terma jamoasining qit'a chempionatiga munosib hozirlik olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini bildirib, asosiy maqsad – Tailandda o'tadigan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish va Olimpiada o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish ekanini aytib o'tishdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив