Eremenko: «Shomurodov bir mavsumda 20ta gol urish imkoniyatiga ega»

«Rostov» yarim himoyachisi Roman Eremenko Rossiya premer-ligasining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Krilya Sovetov»ga qarshi o'yin (1:0)dan so'ng jamoadoshi Eldor Shomurodov haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.

Kechagi o'yinda o'zbekistonlik futbolchi g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. 24 yoshli futbolchi Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

– Shomurodov 2019/20 yilgi mavsumda butun boshli o'tgan mavsumga nisbatan ko'proq gol urdi.

– Har bir o'yinda unga yana shuncha vaziyatlar taqdim qilinmoqda. Shunda ham gol urmasinmi? (kuladi). Nasib qilsa, bundan keyin ham gol urishda davom etadi. Bir mavsumda 20ta gol urish uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud. Hozir ishlari yurishyapti. Bundan keyin ham ishlashda davom etishi kerak.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив