Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida qatnashuvchi vakillarimiz nomi ma'lum

21-25 avgust kunlari Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu dunyo birinchiligi kelasi yili bo'lib o'tadigan Tokio Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma berishi musobaqaga bo'lgan qiziqish yanada ortishiga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi ham ushbu jahon chempionatida katta tarkib bilan ishtirok etadi. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz asosiy tarkibi quyidagicha: Aleksey Mochalov, Shaxriyor Mahkamov, Shohruhbek A'zamov, Vilyam Ibragimov, Javohir Nurmatov, Ernest Irnazarov, Yuliya Borzova, Ekaterina Shubina, Elyor Muhammadaliev, Artur Guliev, Bekzodbek Umaraliev, Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Vladlen Denis, Nilufar Zokirova, Dilnoza Rahmatova, Gulbahor Fayzieva. Zahira: Nurislom To'xtasin o'g'li, Serik Mirbekov.

Umid qilamizki, sportchilarimiz Vengriyadan jahon chemionati medallari qatori Olimpiada yo'llanmalari bilan ham yurtimizga qaytib kelishadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив