Simeone: «Feliks bitta harakat bilan qanday qobiliyatga ekanligini ko'rsatdi»

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone “Xetafe”ga qarshi o'yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.

O'yin haqida

“Biz birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Bizda yana gollar urish uchun imkoniyatlar bor edi. Ammo biz Molinaning chetlatilishi va keyinchalik belgilangan penaltidan foyda ko'rmadik.

Joau Feliks haqida

- Biz uni almashtirishga qaror qildik. Ammo unda hammasi yaxshi.

U mazkur ligadagi ilk o'yinini o'tkazdi, ayniqsa, juda yaxshi himoyalanadigan jamoaga qarshi o'ynash oson emas.

Feliksda birinchi bo'limda imkoniyatlar bo'lmadi, ammo u bitta harakat bilan qanday qobiliyatga ekanligini ko'rsatdi.

Kiran Tripper haqida

- U juda yaxshi o'ynadi. Uning pasi ajoyib edi. Qolaversa, bu pas Morata kabi mutaxassisni topdi”, - deydi Simeone.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив