Tokio arenalari bo'ylab sinov musobaqalari o'tkazilmoqda

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari boshlanishiga ham 1 yildan kam vaqt qoldi. Ayni paytga kelib, nafaqat sportchilar, balki, musobaqa tashkilotchilari ham Olimpiadaga puxta hozirlik ko'rishmoqda. An'anaga ko'ra, har bir xalqaro federatsiya tashkilotchilar bilan kelishgan holda Olimpiadadan 1 yil avval arena va sport ob'ektlarining qanchalik tayyor ekanini ko'zdan kechirish maqsadida sinov musobaqalarini tashkil qilishi darkor. Reglamentga ko'ra, musobaqa istalgan tartibda o'tkazilishi mumkin. Misol uchun, qaysidir federatsiya yoshlar yoki kattalar o'rtasidagi xalqaro turnirni Tokio shahrida sinov musobaqasidek o'tkazsa, ba'zilar buning uchun maxsus turnir tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, kunchiqar yurtda bir qator sport turlari bo'yicha sinov musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Biz ham e'tiboringizga ana shu bellashuvlardan olingan fotosuratlarni havola qilamiz:

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив