Transfer olamidagi yangiliklar

Ushbu rukdagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Maldini Madridga keldi

«Milan» jamoasining sport direktori Paolo Maldini Madrid shahriga uchib keldi. «Milan» afsonasi ushbu shaharning «Real» jamoasi rahbarlari bilan klub hujumchisi Mariano Diazning transferi borasida kelishib olishni reja qilmoqda.

«Tuttosport» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Milan» Diazni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda. «Real Madrid» esa, uni ortga qaytarib olish sharti bilangina qo'yib yuborishga rozi. Muzokarlar davom etmoqa. Agarda tomonlar kelshuvga erishsa, 36 soat ichida Mariano «Milan» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, hujumchi borasida Rimning «Roma» klubi ham rasmiy taklif bilan chiqqan edi.

"Fiorentina" Riberi serialiga nuqta qo'ymoqchi

«Fiorentina» klubi erkin agent maqomidagi Frank Riberini qo'lga kiritish uchun ikkinchi bor urunb ko'radi.

Gap shundaki, klub prizidenti Daniel Prade muxlislarga Riberini jamoaga o'tishga ko'ndirish uchun har qanday shartga rozi ekanligini e'lon qildi. 36 yoshlik futbolchi esa, hali-hamon bir qarorga kela olgani yo'q. Hozirda uning oldidan Rossiya va Italiya klublaridan birini tanlashdan boshqa chora qolmadi.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Sanches ertaga boshqa klubga o'tishi mumkin

«Soccer» sayti tarqargan xabarlarga qaraganda “Manchester Yunayted: hujumchisi Aleksis Sanches ertaga «Inter» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Avvalroq xabar berganimizdek Antonio Konte chililik futbolchini qo'lga kiritishni juda istamoqda. Manba tarqatgan xabarlarga ko'ra, «Inter» futbolchini bir mavsumga ijaraga oladi va uning maoshini yarmini to'laydi. Bu haftasiga 610 ming evro degani. Qolgan qismini esa,«Manchester Yunayted» to'laydigan bo'ldi.

Endilikda trasnferning hal bo'lishi Aleksisning o'ziga bog'liq. Futbolchi «Inter»da to'p surishga rozi bo'lsa, bu transfer ertagayoq amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi «Roma» klubiga rad javobini bergan edi.

Jeydon Sancho ketadimi?

«Borussiya Dortmund» jamoasida yorqin o'yinlari bilan millionlab muxlislarning e'tiborini qozongan Jeydon Sancho kelasi yozda klubni tark etadigan ko'rinadi.
Gap shundaki, uning agentlari bilan «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari aloqaga chiqqan va futbolchini o'z safida ko'rishni istashyotganini bildirishgan.  Bundan tashqari ko'plab grand klublar ham Sanchoni nishonda ushlab turishibdi.

«Borussiya Dortmund» klubi o'tgan mavsum kashfiyoti bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgani bois, uni 100 milliondan kamiga qo'yib yubormasligi borasida ochiqchasiga bayonot berdi. Shunday bo'lsada, futbolchining o'zi APLga qaytmoqchi.
Uning transferi kelasi mavsumda katta shov-shuvlarga sabab bo'lsa, ajab emas.

Eslatib o'tamiz, nemislar Jeydon Sanchoni o'tgan mavsum «Manchester Siti»dan atigi 7 million evro evaziga sotib olishgan edi. «Shaharliklar» futbolchining kelajagiga ishonqiramay boqishgan «qimmatga» tushadigan ko'rinadi.

David Luiz nega «Chelsi»ni tark etgani aytdi

Londonning «Arsenal» jamaosi himoyachisi David Luiz nega jonajon jamoasini tark etganini muxlislarga tushuntirib berdi. APL doirasidagi «Bernli» jamoasiga qarshi bahsdan so'ng, futbolchi oavga intervyu berar ekan quyidagi so'zlarni keltirib o'tdi:

"Men «Arsenal»ga kurashuvchanligim bois o'tdim. Tan olaman, menda Xitoy klublaridan tushgan fantastik takliflar mavjud edi. Agar o'sha klublardan biriga o'tganimda, eng kuchlilardan biri bo'lib katta pul ishlab olishim mumkin edi.

Shunday bo'lsada, men o'zim uchun qiyin bo'lsada, yangi va maroqli yo'lni tanladim. Hech qachon o'zgarishlardan cho'chimaganman. Bu menga yanada o'z kuchimga bo'lgan ishonchni oshiradi va katta g'alabalar sari harakatlanishimga turtki vazifasini bajaradi.

Futbol qachondur o'z yakuniga etadi. Mard bo'lish kerak. Men «Chelsi»da o'zimni juda bahtiyor his etganman. U klub safida ko'plab sovrinlar yutdim. Shunga qaramasdan, Lempard bilan bo'lgan suhbatimizdan so'ng, ketishga qaror qildim. Tushundimki, u bilan qarashlarimiz batamom o'zgacha ekan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив