Coca Cola Superliga va Pro-liga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish, hakamlar tomonidan o'yinlarni boshqarishda halollik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Coca Cola Superliga va Pro-liganing har bir turidan so'ng O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o'yinlar davomida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borilmoqda.

Bugun O'FA majlislar zalida Superliga va Pro-ligada faoliyat yuritayotgan hakamlar uchun navbatdagi seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida so'nggi turlarda ishlagan hakamlarning hatti-harakatlari tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan ba'zi xatolar ko'rsatib o'tildi, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi ta'kidlandi.

Seminarda bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etganini ta'kidlab o'tish zarur. Ular o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan hakamlarga va mutaxassislarga murojaat qilishdi.

Bu galgi seminar ham barcha uchun birdek foydali tarzda o'tdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив