«Barselona»ning Neymarni ijaraga olish bo'yicha takliflari ma'lum bo'ldi

Kataloniyaning Mundo Deportivo nashri «Barselona»ning "PSJ" hujumchisi Neymarni ijaraga olish bo'yicha takliflarini e'lon qildi.

1) Klub Neymarni ijaraga olish kelishuviga boshqa futbolchilarni qo'shmoqchi emas.

2) "Barselona" kelasi yilning yozida futbolchining transferini majburiy sotib olish narxi sifatida 150 million evroni belgiladi.

3) Neymar tomondagilar kelgusi yozda futbolchining transfer huquqini sotib olish majburiy bo'lishini, bu narsa klubning natijalariga bog'liq bo'lmasligini istashmoqda. "Barselona" esa bu borada jarohatga moyil futbolchiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Ammo jiddiy muammo bor: "PSJ" "ko'k-anorranglilar"ning ijara borasidagi bu taklifiga jiddiy qaramasligi va uni qabul qilmasligi mumkin.

Shunga qaramay, kataloniyaliklar Neymarni tezkorlik bilan sotib olishlari kerak. Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele jarohat oldi, Malkom "Zenit"ga sotildi, Filippe Koutino esa  "Bavariya"ga ijaraga berib yuborildi. Shu tariqa, "Barsa"ning hujum chizig'ida Antuan Grizmann va Rafinya qoldi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив