Neymar Kipr fuqaroligini olishi mumkin

"PSJ" hujumchisi Neymar Imperio Properties developerlik kompaniyasi qurayotgan hashamatli The Icon majmuasidan uy sotib olmoqchi, deya xabar beradi "Vestnik Kipra" nashri.

Neymarning agenti Pini Zaxaviyni Imperio ning Limasoldagi sotuv idorasida kompaniya direktori Yannis Misirilis bilan birga ko'rishgan. Kiprdan uy sotib olish Neymarga bu mamlakat fuqaroligini olishga yordam beradi. Investitsiya dasturiga ko'ra, mamlakat iqtisodiyotiga 2 mln evro investitsiya kiritgan yoki 2 mln evroga ko'chmas mulk sotib olgan chet ellik Kipr fuqarosi bo'lishi muikin. Bundan tashqari, futbolchi moliyaviy manbalarning legalligini tasdiqlash va 150 ming evro to'lashi kerak.

Sohil bo'yidan 500 kv. metrga teng appartamentning bahosi 5 mln evro atrofida, bu summa braziliyalik futbolchining ushbu mamlakat fuqaroligini olish uchun etarli bo'ladi. Bu ishlar "PSJ" bilan "Barselona" o'rtasida futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarning tiklanishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunga futbolchining Kipr fuqarosi ekanligi yordam beradi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив