Dembele «Barselona» rahbariyatini aldadi

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele yana bir marta professionallarga xos bo'lmagan ishga qo'lga urdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi Ispaniya chempionatining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan "Atletik"ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olganini murabbiylardan yashirgan. U jarohati haqida klub shifokorlariga xabar berish o'rniga, dam olish kunlarini o'tkazish uchun Senegalga uchib ketgan va klub mas'ullarining qo'ng'irog'iga javob bermagan.

22 yoshli futbolchi dushanba kuni Barselonaga qaytib keldi va shundan so'ng jarohati haqida xabar berdi. Tibbiy tekshiruv natijasida uning chap oyog'idagi mushati lat egani aniq bo'ldi. Futbolchining tiklanishi uchun taxminan 5 hafta vaqt kerak bo'ladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив