Ronaldu yangi mavsum oldidan chiroyli nutq so'zladi

Xabaringiz bor, kelayotgan shanba kuni Italiya chempionati start oladi. «Yuventus» birinchi turda «Parma»ga qarshi maydonga tushadi. Yangi mavsum oldidan Ronaldu va Sarri o'z  «Yuventus» telekanli uchun intervyu berdi. Ushbu intervyularni sizlarga ilindik.

Sarri

Odatda mavsumni yomon boshlayman, lekin «Chelsi» bundan mustasno. Adashmasam, London klubi bilan APL startidagi g'alabalar bo'yicha rekod qo'ygan edim. Italiyada hammasini boshlab olish biroz mushkulroq.

Transferlar haqidagi savollar bizni charchatib yubordi. Hozirda jamoamizdagi 6 ta futbolchini sotib yuborish haqida bosh qotiryapmiz. Gap shundaki, ularning barchasini EChL o'yinlari uchun ro'yhatdan o'ktaza olmaymiz. Bu meni juda og'ir vaziyatga solib qo'ymoqda. Transfer oynasining so'nggi kunlari biz uchun juda og'ir o'tishi kutilmoqda, sababi yuqori darajadagi futbolchilarni klubdan qo'yib yuborish juda yoqimsiz holat. Dibala borasida hech narsa deya olmayman. Hozirda uning sport formasi yuqori darajada emas. Balki shu sababli u biz istagandek «aldamchi to'qqizlik» pozitsiyasida harakatlana olmayapti.  Unda biz istagan hamma narsa bo'lsada, qaror qabul qilishdan oldin o'ylab olishimiz lozim. Tan olish lozim, Dibala haqida uzoq so'zlashim mumkin, biroq bu hech narsani o'zgartirmaydi. Afsuski, 6 ta futbolchi bilan istamasakda hamkorlik qila olmaymiz. Biz qanchalar uni jamoada qolishini istamaylik EChL uchun 22 ta o'yinchinigina ro'yhatdan o'tkaza olamiz. Bu futbolchilarning 3 tasi darvozabon bo'lishini inobatga olsak, meni ahvolimni bir tasavvur qilib ko'ring! Yangi mavsum oldidan «Yuventus» o'z oldiga barcha musobaqalarda g'olib chiqishni maqsad qilib qo'yishi hech kimga sir emas. Bu osonlik bilan qo'lga kiritilmasada, men jamoamdan treblni kutyapman. Ronaldu biz istagan futbolchi. U istalgan pozitsiyada to'p sura oladigan kam sonli futbolchilardan biri. Umid qilamanki, aynan uning hizmatlari evaziga biz uzoq kutilgan musobaqada g'olib bo'lamiz. To'g'risi uning maydonda Iguain bilan birgalikda to'p surishi menga manzur bo'ldi. Bu ikki futbolchi yangi mavsumda bizning asosiy hujumchilarimizga aylanadi.

Ronaldu

O'tgan mavsumda biz chakki o'ynamadik va ikkita sovringa ega chiqdik. Shunday bo'lsada, yangi mavsumda barchasi boshqacha bo'ladi. Men «Manchester Yunayted» va «Real Madrid» safida EChLda g'olib chiqqanman va bilamanki, endi navbat «Yuvnetus» libosidaham ushbu sovrinni boshim uzra ko'tarish vaqti keldi. Aynan EChL yangi mavsum oldidan bizning asosiy nishonimiz bo'ladi. Bu so'zlarim bilan Italiya chempionati men uchun ahamiyatsiz demoqchi emasman, aksincha biz chempionlik uchun kurashdan charchamaymiz.

Yangi mavsum oldidan anchagina kuchayib oishga muvaffaq bo'ldik. Jamoamizga kuchli futbolchilar va yangi murabbiy keldi. O'ylaymanki, yangi murabbiyimiz bizga chempionlik uchun qanday yo'l bosib o'tishimiz lozimligini uqtiradi. Men o'z ustimda tinmay ishlayapman. Asosiy maqsadim jamoam uchun katta naf keltirish.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив