Rasman. Starrij «Trabzonspor» bilan shartnoma imzoladi

Angliyalik futbolchi Daniel Starrij faoliyatini Turkiyada davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda «Trabzonspor» rasmiy sayti xabar tarqatdi.

29 yoshli hujumchi trabzonliklar safiga erkin agent sifatida o'tdi. U bilan qancha muddatga shartnoma tuzilgani va Starrij qancha maosh olishi haqida ma'lumot berilmadi.

Starrij Angliya premer-ligasining o'tgan mavsumida "Liverpul" safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golga uzatma berdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив