"Astana" hujumchisi Kyurasao milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi

"Astana" markaziy hujumchisi Rangelo Yanga Kyurasao milliy terma jamoasiga KONKAKAF Millatlar Ligasi o'yinlariga taklif qilindi, deb xabar bermoqda poytaxt klubining rasmiy sayti.

7 va 10 sentyabr kunlari Kyurasao jamoasi Gaitiga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi.

Ma'lumot o'rnida, 27 yoshli Yanga Kyurasao jamoasida 2016-yilning mart oyidan beri to'p surib kelmoqda.

Shuningdek, "Astana" tarkibida Yanga ushbu mavsumda barcha uchrashuvlaarda 32 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив