Ronaldu yoki Messi? Ibrahimovich javob berdi!

Futbol olamidagi eng mashxur futbolchilardan biri sanaladigan Zlatan Ibrahimovich kuni kecha«Fox sport» nashriga berilgan intervyusini taqdim etmiz.

MLS haqida fikring qanday?

Men o'zimni AQShda yahshi his qilyapman. Jismonan har bir uchrashuvga tayyor holda chiqyapman. MLSdagi futbol bilan Evropadagi futbolning o'rtasdia juda katta farq bor. Shunga qaramasda, bu erda ham kuchli futbolchilar mavjud. Men ular ichida eng kuchlisiman!

Boshlangan narsaning oxiri bor. Seningcha karieraning qachon o'z yakuniga etadi?

Qachon karieramni yakunlashim borasidagi savollarni meni tobora qurshab olmoqda (kuladi). To'g'risi qachon butsalarimni mixga ilishim borasida hali o'ylab ko'rganimcha yo'q. Shunday bo'lsada, hozirda o'zimni juda yahshi his qilyapman va muxlislarni chiroyli gollar bilan xursand qilmoqchiman.

hozirgi sport formang 10 ballik tizimda necha balga loyiq?

o'ylab o'tirmasdan 10 ball qo'ygan bo'lar edim.

Sening kuchsiz tomoning nimada?

O'ylashimcha bosh bilan o'ynash mening eng ojiz tomonlarimdan biri.

Insonlar sening iqtidoringni to'liq ko'ra olishmagandek tuyuladimi?

Aslo yo'q, men o'zimga bo'lgan muxlislar mehrini har lahzada sezib turaman. Bundan tashqari meni yahshi ko'rishadi. To'g'risi futbolchi uchun bundan ortiq hech narsa kerak emas.

Senga qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachi kim?

To'g'risi qiziq savol. Men ko'plab super himoyachilarga qarshi to'p surganman va ularning deyarli barchasini aldab o'tganman. Shunday bo'lsada tan olish lozim Maldini men ko'rgan himoyachilar ichida eng kuchlisi!

Senga sariqsoch ayollar yoqadimi yoki Qorasoch?

Albatta sariqsoch! Ahir mening turmush o'rtog'imning so'chlari ayay shunday rangdaku! To'g'risi bundan boshqacharoq javob bersam o'ldim deyavering!(kuladi)

Messi yoki Ronaldu?

O'ylab o'tirmasdan Messini tanlayman. Tan olish lozim «Barselona»ga o'tgan chog'imda uni umuman yoqtirmas edim.  Keyinchalik bu bolakay shunday o'yin ko'rsatdiki uning atrofidagi futbolchilar yosh bolga aylanib qoldi. Bu «yomon» bola istalgan jamoaning yarim himoyasini bir zumda yorib o'tishga qodir.  U bosib o'tgan yo'lni qaytarishning iloji yo'q. Buning uchun xuddi u kabi bo'lib qayta tug'ulish lozim.

«Barselona»dagi omadsiz mavum haqida qanday fikrdasan

Men «Barsa»da yahshi o'ynganman. Meni katoloniyada hech narsani eplay olmagan deb o'ylaydiganlar futbolda hech nasaga tushunmaydigan ahmoqlardir! Menda faqatgina bitta muammo mavjud edi. U ham bo'lsa Gvardiola!

So'nggi yillarda Ronaldu anchagina kuchliroq ko'rnimoqda. Ayniqsa so'nggi 5 yil ichida u qolganlardan o'zib ketgandek tuyulmayaptimi?

Ronaldu jismonand baquvvat va kurashuvchan yigit. Shu hislatlari orqali u menga ham o'xshab ketadi. U 34 yoshda ham yuqori darajada to' surmoqda. Umid qilamanki, u bunday tempda yana uzoq muddat to'p sura oladi. Bilasizmi, futbol Ronaldu uchun pul topish manbayi yoki mehnat emas, futbol – uning uchun hayot mazmuni! Eng qizig'I shundaki, u tezda tiklanib oladi. Uning organizmi yosh futbolchilarnikidan ham kuchliroq ishlaydi. Bunday darajaga chiqish uchun u bosib o'tgan yo'lni his etsangiz, uning naqadar mehnatkashligini sezasiz!

скачать dle 12.1
Alisher
Alisher от 21 августа 2019 10:28
Togri gapirding ukam!
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив