Dembelening agenti: «Usmon Senegalga uchmadi. Bu yolg'on. U «Barsa»dan hech qayoqqa ketmaydi»

«Barselona» yarim himoyachisi Usmon Dembelening agenti Mussa Sissoko futbolchi haqida tarqalgan gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

«Bu yolg'on. U Senegalga uchmadi. U Rennga, o'zi onasining oldiga bordi. Bunga 100 foiz ishonchim komil. Dushanba kungi mashg'ulot paytida unda jarohat borligi ma'lum bo'ldi», – dedi Sissoko.

Shuningdek, agentning ta'kidlashicha, Dembele "Barselona"ni tark etmoqchi emas.

«Usmon «Barselona»dan ketish haqida bir daqiqa ham o'ylagani yo'q. Evropaning boshqa jamoalaridan qiziqishlar borligiga qaramay, unga "Barsa"dagi faoliyati yoqmoqda. U kelajakda ulkan yutuqlarga erishmoqchi.

Afsuski, jarohat Usmonning ajoyib mavsum o'tkazishiga xalal berib qoldi. Ammo bu narsa uning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqiga ta'sir ko'rsatmaydi. Ishonchim komil, u qisqa vaqt ichida safga qaytadi va tanqidlarga o'z javobini beradi.

1000 foizga ishonchim komil, u «Barsa»da qoladi va klub sharafini himoya qiladi», – dedi Sissoko.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив